14:24 / 17.02.2019
4 984

Toshkent shahridagi barcha ishlab chiqarish korxonalari poytaxt atrofiga ko‘chiriladi

Toshkent shahridagi barcha ishlab chiqarish korxonalari poytaxt atrofiga ko‘chiriladi
Poytaxt markazida aholi turmush darajasining o‘sishiga xizmat qiluvchi infratuzilmalar bo‘ladi, ishlab chiqarish korxonalari esa shahar chekkasiga joylashtiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot anjumanida xabar berdi.

16 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgan Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharof Rahmonovning aytishicha 2018 yilda Toshkentga 1 million sayyoh tashrif buyurgan va shaharda ijtimoiy, maishiy binolarni ko‘paytirish dolzarb masalaga aylangan.

– Poytaxtda nafaqat turar-joy, balki boshqa maishiy, ijtimoiy binolar ham qurilmoqda. Shaharni yoritish, chiqindilarni ishlash kabi masalalarga ham e’tibor qaratilishi kerak. Investitsiya dasturini tasdiqlashda barcha sohalarni qamrab olishga harakat qildik, toki aholining hayoti har tomonlama yaxshilansin. Shuningdek, o‘tgan yili Toshkent shahriga 1 million sayyoh tashrif buyurdi. Ilgari bu ko‘rsatkich 300-400 mingni tashkil etgan. Shahar markazida aholi turmushining farovonligi, qulayligiga xizmat qiluvchi infratuzilmani yaratamiz. Buning uchun esa ishlab chiqarish strukturalari esa shahar chetidan joy oladi.

Hokim o‘rinbosariga ko‘ra, bu maqsadda Toshkent viloyati bilan chegara hududlardan foydalaniladi. Sanoat zonalarini tashkil etish uchun Toshkent viloyati hududidan yer ajratiladi.

«Misol uchun, Sergeli hududida 100 gektar maydonda yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Albatta, ishlab chiqarish strukturalari bilan bog‘liq bu ishlarning barchasi mavjud qonunchilik doirasida va fuqarolarning huquqlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Toshkent viloyati hokimiyati ma’lumotiga ko‘ra, 8ta tumanda bo‘sh yer maydonlari va bino-inshootlar mavjud. Kichik sanoat zonasi a’zolariga belgilangan tartibda 2 yil mobaynida mol-mulk va daromad solig‘idan ozod bo‘lish imkoniyati, yer yoki bino-inshootlar xususiylashtirish sharti bilan «nol» qiymatda 10 yil muddatga ijaraga berilishi nazarda tutilmoqda. Ayni paytda ish faoliyatini boshlagan, muayyan infratuzilmani tashkil etgan, Toshkent shahridagi kichik sanoati zonasi ishtirokchilarining viloyatga qanday ko‘chirilishi haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahridagi barcha ishlab chiqarish korxonalari poytaxt atrofiga ko‘chiriladi