21:30 / 17.03.2019
5 581

iPhone XSʻni sotib olish uchun Oʻzbekistonda necha kun ishlash kerak? (foto)

iPhone XSʻni sotib olish uchun Oʻzbekistonda necha kun ishlash kerak? (foto)
Picodi.com tahlilchilari bahorning yorqin taqdimoti sababchisi — iPhone XSʻni sotib olish uchun oʻzbekistonlik kishi 123 kun ishlashi kerakligini taʼkidlamoqda.

Sayt maʼlumotiga koʻra, yangi avlod gadjetning rasmiy bahosi va mamlakatdagi toʻlanadigan oʻrtacha maosh haqi taqqoslanganda, telefon xaridi uchun eng koʻp ishlaydigan davlatlardan biri Tojikiston ekani ayon boʻlgan. Qoʻshni mamlakatda iPhone XS uchun 220 kun ishlash lozim.

Ushbu xarid uchun Shveysariya 5 kun, Daniya va Norvegiyada 7 kundan ortiq, BAAda esa 7,6 kun ishlash yetarli. Qirgʻizistonlik mehnatga layoqatli kishi 113 kun ishlaganda telefonga yetishishi mumkin. Qozogʻistonda esa bu muddat 86 kunni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, sayt maʼlumotlarni tayyorlashda bir oyda 21 kunlik ish grafigini inobatga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » iPhone XSʻni sotib olish uchun Oʻzbekistonda necha kun ishlash kerak? (foto)