Bosh prokuratura matbuot xizmati tizimda korrupsiya holatlariga qarshi murosasiz kurash davom etayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari tomonidan fuqaro S.F.ning arizasiga asosan Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan kafe oldida MIB Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi F.E. ish yurituvidagi javobgarlar M.F. va boshqalardan da’vogar S.F. foydasiga ulushni pul miqdorida ajratish hamda javobgarlarga tegishli bo‘lgan avtomashinani S.F. nomiga rasmiylashtirib berish va ijro ishini tugatish uchun undan 750 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, F.E. muqaddam ham fuqaro S.F.dan yuqorida qayd etilgan fuqarolik ishi yuzasidan yuritilgan ijro ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni chiqarib, Mercedes-Benz 320E rusumli avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berish uchun 2,4 ming dollar va 300 ming so‘m pulni pora tariqasida olgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan F.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi