O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgust kungi PQ-4414-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatda sud-huquq sohasida keng ko‘lamli institutsional islohotlar o‘tkazildi, inson huquqlarini ta’minlash, qamoqqa olingan shaxslar va mahkumlarni diniy va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar huquqlariga rioya qilish, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyoti tahlili va jamoatchilik bilan bevosita muloqot natijalari jazoni ijro etish tizimida saqlash sharoitlarini yanada gumanitar ko‘rinishga keltirish orqali mahkumlarning huquqlari kafolatini oshirish hamda ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash zarurligini ko‘rsatayotgan edi.
Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur tarixiy qaror ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni, shaxs va jamiyatga hurmat munosabatini shakllantirishga yo‘naltirilgan axloqan tuzatish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq davlatning xalqaro arenalarda ijobiy mavqeini ilgari surish maqsadida qabul qilinganligi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”