date
views 3 504

2019 yil dekabrda o‘tadigan saylovlar nima bilan farq qiladi?

2019 yil dekabrda o‘tadigan saylovlar nima bilan farq qiladi?
Saylov jarayonlarini tashkil etishda bir qator qulayliklar yaratildi. Bu qulayliklar nimalardan iborat?

2019 yil 24 oktyabrda Poytaxtimizdagi “Taraqqiyot strategiyasi“ markazida Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Markaziy saylov komissiyasi vakillari, soha mutaxassislari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi, bunda fuqarolarning ishtiroki, Saylov kodeksi bilan belgilab qo‘yilgan huquq va majburiyatlari va ushbu huquqiy hujjatning ahamiyati singari muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Oldimizda turgan saylov jarayonlarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?

Sherzod Rabbiyev Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i:
- Albatta 2019 yilda bo‘ladigan parlament saylovi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga bo‘ladigan saylovlarga katta va samarali tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 2019 yil dekabr oyida bo‘ladigan saylov muhim jarayon hisoblanadi. Bu tadbirda ishtirok etish har bir fuqaroning huquqi hisoblanadi. Shuning uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ham, qator davlat tashkilotlari tomonidan ham, saylov qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi bevosita qaroriga asosan joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabrga qadar butun mamlakat bo‘ylab “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” deb belgilandi. Bunda bir narsaga ahamiyat qaratish kerak, har bitta davlat organlariga vazifa topshirildi Saylov kodeksini, saylov qonunchiligini aholiga tushintirishda keng qamrovli ishlarni amalga vazifasi belgilangan.

Joriy yildagi saylovlar, avvalgi saylovlardan farqli ravishda ixchamlashtirilgan, saylovga doir bir nechta qonun hujjatlarini o‘z ichiga olgan 103 moddadan iborat bo‘lgan Saylov kodeksi asosida o‘tkaziladi. Bu birinchi marta. Xabaringiz bo‘lsa, joriy yil 25 iyun kuni saylovga oid bir necha qonun hujjatlari bizda konsilidatsiya qilinib Saylov kodeksi sifatida qabul qilindi, ya’ni Perezidentimiz tomonidan imzolandi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida barcha saylov okruglari, saylov uchastka komissiya a’zoligiga nomzodlarni ham uch kunlik mahsus alohida dastur asosida o‘qitish ishlari amalga oshirildi.

Bugunga qadar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nimalar amalga oshirildi?

Qurbonqulov Suyarjon Markaziy saylov komissiyasi a’zosi:
- Mamlakatimiz hozir katta siyosiy jarayonni boshidan o‘tkazmoqda. Bugungi kunga qadar mamlakatimizda 150 ta saylov okruglari tashkil qilindi hamda 150 ta okrug komissiyalari o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, viloyat, tuman, shahar kengashlariga, mahalliy kengashlarga ham saylov bo‘lib o‘tadi. Mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazuvchi olti ming besh yuz oltmish yettita okrug saylov komissiyalari ham o‘z faoliyatini boshlab yubordilar. Saylovga 60 kun qolganida saylov uchastkalari tashkil etilishi kerak. Saylov uchastkalari mahalliy hokimliklar tavsiyasiga binoan okrug komissiyalari tomonidan tuziladi.

Bugungi kun ma’lumot bo‘yicha o‘n ming ikki yuz ellik ikkita saylov uchastkalari tuzildi. Bu jarayon qonunchilikda saylovga 7 kun qolganda ham davom etishi mumkin. Demak, raqamlar o‘zgarishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida biz xorijiy mamlakatlarda ham saylov uchastkalarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdik. Xorijiy mamlakatlarda xizmat safarida bo‘lgan, xorijda yashayotgan vatandoshlarimizga ham konstitutsion huquqlarini ijro etishiga sharoit yaratib berish maqsadida 53 ta saylov uchastkalari tashkil qilindi.

Hozir qanday jarayon ketmoqda?
- Saylov qonunchiligiga muvofiq saylovga 40 kun qolganda uchastka saylov komissiyalari ishini boshlashi kerak. Uchastka saylov komissiyalarining tuzilish tartibi qonunchilikda belgilanganidek avvalo bu nomzodlarni fuqarolarni o‘zini- o‘zi boshqarish organlari korxona, tashkilot, muassasalar tegishli tuman, shahar kengashlariga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etadilar. Tuman, shahar kengashlarining sessiyalarida hurmatli deputatlar bu nomzodlarni ko‘rib chiqadilar va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun okrug saylov komissiyasiga beradilar.
Saylovlarning asosiy jarayoni uchastka saylov komissiyasida bo‘ladi. Saylovchilarimiz ham o‘sha yerda o‘zlarining bevosida huquqlaridan foydalanadilar.

Ovoz berish jarayoni uchastka saylov komissiyasida bo‘ladi. Okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyasiga bilimli, hurmatli, saylov jarayonida ishtirok etgan nomzodlarni tavsiya etishmoqda. Maqsad- bo‘ladigan saylovlarda uchastka saylov komissiyalari faoliyatini qonuniy, adolatli, shaffof ijro etishini ta’minlash.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, yetakchi oliy ta’lim o‘quv yurtlari, Adliya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari va sohaning boshqa ta’lim, ilmiy, amaliy, tadqiqot muassasalari olimlari, ekspertlari va amaliyotchilari bilan hamkorlikda seminar-treninglar dasturlari ishlab chiqilgani, bunda an’anaviy ma’ruzabozlikdan voz kechilib, asosiy e’tibor amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilayotgani qiziqtiradi. Seminar-treninglar haqida tushincha bersangiz?

Fayziyev Shuhrat, Markaziy saylov komissiyasi o‘quv markazi direktori:
- Bunga oldindan tayyorgarlik ko‘rildi. Iyun oyidan tayyorgarlik ko‘rildiki, saylov tashkilotchilari, barcha okrug komissiya raislari nomzodlari, kotiblariga nomzodlarni biz odindan o‘qitdik. Bosqichma-bosqich kaskad uslubida, to‘g‘on uslubi deyiladi. Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan 70 nafar prefessor, o‘qituvchilardan uch kun davomida saylov qonunchigi bo‘yicha o‘qitib, ularga tegishli sertifikatlarni berdik. Ular bilan viloyatlarga chiqib 748 nafar ekspertlarni tayyorladik.

Seminar-treninglar qayerda tashkil etilishidan qat’i nazar – u xoh poytaxtdami yoki chekka hududdami, mashg‘ulotlarga saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha malakali ekspert, olim va tajribali amaliyotchilar jalb etilmoqda. Hozirga qadar yakuniga yetgan ikki bosqichda saylov komissiyalarining 51 mingga yaqin rais, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar uch kunlik kurslarda o‘qitilgan. Ayni kunlarda seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi davom etmoqda. O‘qishlarga 30 mingdan ko‘proq saylov komissiyalari a’zolari jalb etilgan. Saylov kunigacha jami 180 mingga yaqin kishi tizimli ravishda o‘qitilishi nazarda tutilgan.

Saylov tashkilotchilari va saylovchilar tezkorlik bilan foydalanishi uchun maxsus “Saylov – 2019” mobil ilova ishlab chiqilgan bo‘lib, u zarur ma’lumotlar bilan muttasil to‘ldirib borilmoqda. Maxsus Telegram messenjer kanali ishlab turibdi.
Joylarda o‘tkazilgan seminar – treningda birorta befarq odamni ko‘rmadik. Adliya vazirligi bilan hamkorlikda barcha korxona, tashkilot, muassasalar bilan ishlayapmiz.
Nargiza Kamalova tayyorladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yil dekabrda o‘tadigan saylovlar nima bilan farq qiladi?