17:00 / 30.11.2019
3 420

14 yil bedarak ketgan oʻzbekistonlik yigit onasi bilan uchrashdi (video)

14 yil bedarak ketgan oʻzbekistonlik yigit onasi bilan uchrashdi (video)
Vatanini 14 yil oldin tark etgan Oʻzbekiston fuqarosi onasi bilan uchrashdi. Onasi uning yoʻqolgani haqida huquq-tartibot idoralariga xabar berishdan tashqari oʻzi ham mustaqil ravishda oʻgʻlini izlay boshlagan. Onaga bunday ismli erkak vafot etgani haqida xabar berishganida u bunga ishonmay izlashda davom etgan, deb yozadi Sof.uz.

Ona oʻgʻlini topish masalasida yordam soʻrab “Astarlы aqiqat” (“Yashirin haqiqat”) TV dasturiga murojaat etdi. U oʻgʻli 14 yil oldin ish topish uchun mamlakatdan chiqib ketgani, ammo bir muddat oʻtganidan keyin bedarak yoʻqolgani haqida gapirib berdi.

2005-yilda u ish izlab joʻnab ketdi. Biz barchamiz u tez orada uyga qaytadi, deb kutdik. Keyinroq undan umuman xabar kelmay qoʻygach, akalari uni qidirib yoʻlga chiqdi. Ammo ular ukalarini topolmay qaytishdi. Oʻgʻlim yaxshi yigit edi, menga uyga qaytishga vaʼda bergandi. Erim oʻgʻlimning qaytganini koʻrmasdan vafot etdi”, deydi ayol.

Ammo koʻrsatuv asnosida moʻjiza yuz berdi. Farzandini koʻrishdan umidini uzgan ona nihoyat oʻgʻli bilan uchrashdi. Oʻgʻil nega uyga qaytmaganini tushuntirib berdi.

Men endigina kollejga oʻqishga kirgan vaqtimda Qozogʻistonga borib ishlab kelishni taklif qilishdi. Ruxsat olish uchun otamning oldiga bordim. Uyimizdagi iqtisodiy holat unchalik yaxshi boʻlmagani uchun ota-onamga yordam berishni xohlardim. Otam mening ketishimga ruxsat berdi. Biroq ishlab yurganimda bir kuni bor pulim va hujjatlarimni yoʻqotib qoʻydim. Biz har xil obyektlarda ishlar, doim bir joydan boshqasiga koʻchib yurar edik. Hujjatlarim yoʻqolganini bilganimda allaqachon kech boʻlgandi”, dedi u.

Hujjatlari va pulidan ayrilgan yigit bir necha marta politsiya boʻlimiga tushgan. Shuning uchun politsiya xodimlari yoki elchixonadan yordam soʻrashga qoʻrqqan. Shunday qilib orada 14 yil oʻtib ketgan.

Yigit tushida tez-tez otasini koʻrib turishini, ammo uning vafot etganini bilmaganini aytdi.

Yigit Qozogʻistonda bolali ayolga uylangan. Oʻzi ham ikki oʻgʻil koʻrgan. Uchrashuvda u onasini xotini va bolalari bilan tanishtirdi. Koʻrsatuvda ishtirok etayotganlar unga “Qozogʻiston Amerika emasku, nega sen onangni izlamading?” deya savol berishdi. Yigit oʻzi ham yaqinlarini izlagani, yurtiga qaytmoqchi boʻlgani, ammo hujjatlari yoʻqligi bois ilojsiz boʻlganini aytdi. U oʻzga yurtda qanday qiynalganlarini gapirib berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 14 yil bedarak ketgan oʻzbekistonlik yigit onasi bilan uchrashdi (video)