Har bir yosh avlod maktab dargohiga qadam qoʻyar ekan, u yerda turfa xil qonun-qoidalarga boʻysunishga harakat qiladi. Shulardan eng koʻp uchraydigani bu - joriy qilingan forma masalasidir. XVI asrda Angliyaning London shahrida joylashgan Xristian Kasalxonalar maktabi 1515-yilda birinchi marta maktab formasini oʻz talabalari uchun ishlab chiqqan. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida qatʼiy maktab formalari joriy qilingan. Shulardan bir nechtasini eʼtiboringizga havola etamiz:
1. Yaponiya - Seifuku - yapon oʻquvchilari kiyadigan maktab formasi hisoblanadi. Yaponlarning ushbu turdagi formasi butun dunyo boʻylab shuhrat qozongan. Kiyim dengizchilar uslubidagi yoqa va yelkali yubka bilan bluzkadan iborat. Eng keng tarqalgan ranglar - koʻk, oq, kulrang, och yashil va qora.
2. Birlashgan Qirollik - Angliyada hozirgacha amalda boʻlgan birinchi forma koʻk rangda edi, chunki koʻk eng arzon boʻyoq boʻlib, talabalarda kamtarlik ruhini uygʻotishi kerak edi. Biroq bugungi kunda Buyuk Britaniyadagi har bir maktab oʻz kiyimlari va emblemalariga ega. Kiyinish kodi qoidalari juda qattiq, hatto oʻgʻil bolalarga shortiklar kiyishga ruxsat berilmaydi.
3. Avstraliya - Avstraliyadagi joriy qilingan forma britaniyaliklarnikiga juda oʻxshash. Biroq issiq iqlim tufayli, ular yanada ochiq va yengil, baʼzi joylarda oʻquvchilar quyoshdan himoya qilish uchun shlyapa kiyishlari kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi