date

Xabi Alonso Vinisiusdan uzr haqida gapirdi


“Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Vinisius Juniorning oʻzini almashtirishga boʻlgan gʻazabli munosabati uchun uzr soʻrashiga izoh berdi. Braziliyalik futbolchi “Barselona”ga qarshi oʻyinda oʻzining salbiy reaktsiyasi uchun kechirim soʻragan edi.

“Chorshanba kuni, ikki kunlik dam olishdan soʻng, biz umumiy yigʻilish oʻtkazdik. Vinisius oʻzini samimiy tutdi – u chin yurakdan gapirdi.

Klub uning uchun nimani anglatishini va jamoaga bor kuchini baxsh etishni xohlashini aytdi. Men bundan juda mamnunman.

Hammasi juda ijobiy. Vinisius yaxshi holatda, jamoa kelajak uchun toʻliq tayyor.

Biz hammamiz bir kemadamiz va bir yoʻnalishda harakat qilyapmiz”, – dedi Alonso jurnalistlarga. “Real” ayni paytda La Liga doirasidagi “Valensiya”ga qarshi oʻz uyida oʻtkaziladigan oʻyinga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Uchrashuv 1-noyabr, shanba kuni boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso Vinisiusdan uzr haqida gapirdi