date

Mbappe: 'Real' va 'PSJ' o'rtasidagi farq


Hujumchi Kilian Mbappe Madridning "Real" klubi va "PSJ"ni solishtirdi. Fransiyalik futbolchi 2024-yilda erkin agent sifatida parijliklar safiga xayr aytib, "qirollik klubi"ga o'tgan edi.

"'Real' va 'PSJ' o'rtasidagi farq? Bu ikki butunlay boshqa klub.

'Real'ning boy va uzoq yillik tarixi bor, 'PSJ' esa yosh klub. Madaniyatlari ham farq qiladi.

Shubhasiz, 'Real' dunyoning eng yaxshi klubi, lekin 'PSJ' ham eng kuchli jamoalar orasida. Men har ikki klub bilan bog'liq bo'lganimdan faxrlanaman", – dedi Mbappe The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Yaqinda 26 yoshli hujumchi o'tgan mavsum uchun Yevropaning "Oltin butsa" mukofotini qo'lga kiritdi va ketma-ket ikkinchi oyda La Liga doirasida eng yaxshi o'yinchi deb topildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe: 'Real' va 'PSJ' o'rtasidagi farq