Foto: Tergov departamenti
2019 yil 28 dekabr kuni soat taxminan 14:30da 20 yoshli F.J. boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomashinasida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Ko‘ktosh mahallasidan o‘tuvchi «4R-84 Yakkabog‘-Chiroqchi» yo‘li bo‘ylab harakatlanib kelib o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda yo‘lning 35-km.da 41 yoshli I.N. boshqaruvidagi «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada «Nexia-2» rusumli avtomashina haydovchisi F.J. va 3 nafar yo‘lovchi hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Andijonda dahshatli YTHda to‘rt kishi vafot etdi

Haydovchi yo‘lda boshqaruvni yo‘qotishi natijasida 2 kishi qurbon bo‘ldi

Sirdaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Jizzaxda mudhish YTH: 4 kishi voqea joyida hayotdan koʻz yumdi

Qashqadaryo viloyatidagi «Gazel» va «Lasetti» to‘qnashuvi oqibatlari