4 428
Telefonidagi rasmni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 10000 dollar talab qilgan yigit qo‘lga olindi
2020 yil 22 yanvar kuni Sh.Rashidov tumanida yashovchi 19 yoshli Sh.J., Jizzax viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning iyul oylarida 22 yoshli B.B. bilan tanishib, o‘zaro uchrashib yurganligini, ammo joriy yilning yanvar oylarida B.B. uning telefonidan o‘ziga sezdirmasdan shaxsiy fotosuratlarini yashirincha ko‘chirib olishga erishib, Sh.J. uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarni internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishini aytib uni qo‘rqitib, unga tahdid qilib, 10.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilib, B.B. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Ushbu arizaga asosan 25 yanvar kuni soat 09:45 da Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, B.B. 25.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
O‘zbekistonga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari haqida ma’lumot berildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi