15:33 / 27.02.2020
2 633

Volontyorlik faoliyati qanday shaklga keldi?

Volontyorlik faoliyati qanday shaklga keldi?
Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tgan yil dekabr oyida imzolangan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bilan volontyorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlar tartibga solingan edi.

Xo‘sh, bugungi kunda ushbu hujjat ijrosi qay darajada ta’minlanmoqda va sohani rivojlantirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Umuman, bu boradagi ishlarni takomillashtirish uchun yana nimalar qilish kerak?

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzuidagi davra suhbatida ushbu masalalar tahlil qilindi.

Unda yuqoridagi Qonun ijrosi doirasida ishlab chiqilayotgan “2020-2021 yillarda volontyorlik faoliyatiga mo‘ljallangan Davlat maqsadli dasturi” loyihasi atroflicha muhokama etildi.

Mazkur dastur loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh fikricha, ushbu sohada samaradorlikka erishishning muhim omili, bu — rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganishdir. Masalan, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Kanada va boshqalar. Bugungi kunda 80dan ortiq mamlakatlarda volontyorlik faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan va o‘zini oqlab kelmoqda.

Shu bois loyihada volontyorlik tashkilotlari yoki guruhlari ishini rag‘batlantirish, ularga mini-grantlar ajratish, maqomini oshirish, turli volontyorlik tashkilotlari hamda volontyorlik mehnatidan foydalanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi sheriklik tizimini takomillashtirish lozimligi qayd etildi.

Bugunga qadar NNT vakillari tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlari, seminar va uchrashuvlar natijasida ushbu loyihaga 20 ta aniq taklif berilgan.

Yakunda loyihaga NNT vakillari tomonidan tavsiya etilgan takliflar ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Ushbu loyihaning qabul qilinishi mamlakatimizning barcha hududida volontyorlik faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Rahim ShЕRQULOV.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Volontyorlik faoliyati qanday shaklga keldi?