4 237
«Bu xabarlar mutlaqo yolg‘on» — Vazirlik koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligini, bu borada tarqalgan xabarlar asossizligini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga kerib kelganligi haqidagi asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53ta sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.
Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi nazorat tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar bilan ham hamkorikda tizimli faoliyat olib borilmoqda.
Afsuski, yuqoridagi kabi yolg‘on xabarlar aholining sarosimaga tushishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirga tushmasliklarini, agar ushbu holat bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi