17:35 / 03.03.2020
2 755

Yosh yigit ikki kunda uchta xonadonni “o‘mardi”, ammo ko‘p o‘tmay bu qilmishi fosh bo‘ldi

Yosh yigit ikki kunda uchta xonadonni “o‘mardi”, ammo ko‘p o‘tmay bu qilmishi fosh bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasida yoshlar masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida, 2020 yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi.

Mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni kun tartibiga qo‘yilayotgani, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish kerakligi ma’lum qilindi.

Murojaatnomada, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “O‘zbekiston yoshlari-2025” konsepsiyasini ishlab chiqish, unda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi lozimligi, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hech kim chetda turmasligi, “O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z qorachig‘idek asrang!” degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi zarurligi, jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini, shu bois, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – o‘ta sharafli vazifa ekanligi aytib o‘tildi.

Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar kengayib, yoshlarni ilmli qilish, ularni ish bilan ta’minlash davlat siyosati darajasida ekanligi hammamizni quvontiradi albatta.

Biroq, hech qayerda ishlamasdan, ish yo‘qligini vaj qilib, jinoyatga qo‘l urayotgan yoshlarimiz ham jamiyatda uchrab turibdi, ularni bu yo‘ldan qaytarish, nafaqat ota-ona, balki mahalla faollari, qo‘ni-qo‘shnilar va barchamizning burchimizdir.

2020 yil 22 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida, T.Anvarovga (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib hukm chiqarildi. T.Anvarovning shaxsiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 2000 yilda Navbahor tumanida tug‘ilgan, endi 20 yoshni qarshilagan, uylanmagan, yosh navqiron yigit.

Gap shundaki, T.Anvarov takroran o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilishni maqsad qilib, dastlab 2019 yil 27 noyabr kuni soat 20:00 larda Navbahor tumanida yashovchi M.R.ning yashash xonadoniga yashirincha kirib, u yerdan 800.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab chiqib, M.R.ga 800.000 so‘m zarar, 2019 yil 30 noyabr kuni soat 20:30 larda Navbahor tumanida yashovchi R.A.ning yashash xonadoniga yashirincha kirib, uning uyidagi xonadagi shkaf ichidan 2.500.000 so‘mlik tilla taqinchoq va 35.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab chiqib, R.A.ga 2.535.000 so‘m zarar, 2019 yil 30 noyabr kuni soat 21:30larda Navbahor tumanida yashovchi A.R.ni yashash xonadoniga yashirincha kirib, 900.000 so‘mlik tilla uzuk va 400.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab chiqib, A.R.ga 1.300.000 so‘m zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandida, takroran o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Sud, T.Anvarovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va uning yoshligi, endigina 20 yoshga to‘lganligi, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilaviy ahvoli, sodir qilgan qilmishidan xulosa chiqarib, kechirim so‘raganligi, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi, jabrlanuvchilarni da’vosi yo‘qligini e’tiborga olib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Biz umid qilamizki, T.Anvarov belgilangan cheklovlarga amal qiladi va tuzalish yo‘liga o‘tadi, agarda u sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmasa, unga tayinlangan ozodlikni cheklash jazosi, qonunda belgilangan tartibda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilishi mumkin.

A.Ibodov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh yigit ikki kunda uchta xonadonni “o‘mardi”, ammo ko‘p o‘tmay bu qilmishi fosh bo‘ldi