10:17 / 05.03.2020
3 182

J.Po‘latov: "Ko‘p ota-onalar farzandlarini XX asr kasblariga tayyorlashyapti"

J.Po‘latov: "Ko‘p ota-onalar farzandlarini XX asr kasblariga tayyorlashyapti"
Xalqaro press-klub “80 daqiqa jonli” nomli yanli media loyihaga start berdi. Bugun uning birinchi soni bo‘lib o‘tdi. Loyihaning ilk ko‘rsatuvida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy va o‘rta ta’lim, innovatsion rivojlanish vazirliklari vakillari hamda davlat va nodavlat OTMlar talabalari ishtirok etishdi. Quyida unda bildirilgan eng dolzarb fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Akmaljon Odilov, Toshkent moliya institutining tayanch doktoranti:

— O‘zbekistonning bironta oliy ta’lim muassasasi hali ta’lim sifati bo‘yicha jahon reytingiga kirgani yo‘q. Qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining bir nechta OTMlari shu kabi reytinglarda o‘z o‘rniga ega.

Gulnoza​ Usmonova, Singapur menedjmentini rivojlantirish instituti qoshidagi turizm maktabi direktori:

— Inson kapitali — bu inson taraqqiyoti. Inson taraqqiyoti indeksida 108 o‘rin egallashimiz, ushbu yo‘nalishga bo‘lgan munosabatimizdan dalolat.
... Inson kapitali tabaqalashgan jamiyatda rivojlanmaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlangan oilalargagina emas, hammaga bir xil tarzda imkoniyat yaratish kerak. Ammo bir nyuans bor: hammada ham iqtidor bir xil bo‘lmaydi.

Jahongir Po‘latov, “Cambridge” o‘quv markazi direktori:

— Yoshlarga to‘g‘ri maqsad qo‘yishni o‘rgatishimiz kerak. Qachonki inson o‘ziga to‘g‘ri maqsad qo‘ysa, unda motivatsiya bo‘ladi.
... Jamiyatda diplomga ega bo‘lish statusga aylanib qolgan. Dunyoga mashhur bo‘lgan “Microsoft” korxonasi ishga oladigan paytida diplomga qaramaydi ham.

... Qorni och odamga qornini to‘ydirmasdan turib motivatsiya berib bo‘lmaydi.
... Insonlarni fikrlashini o‘zgartirishimiz kerak. Ko‘p ota-onalar farzandlarini XX asr kasblariga tayyorlashyapti. Aslida zamonaviy bozorda ko‘p kasblarga bo‘lgan bo‘shliq bor. Kerakli kasb egalari esa yo‘q.

Azimjon Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari:

— O‘zbekiston ilmiy tadqiqot ishlariga YAIMning 0,2 foizini ajratyapti. Bu esa nihoyatda kam. Shu bois uni kelgusi o‘n yilda 1,5 foizgacha chiqarish mo‘ljallanmoqda.
... Bolaga bo‘lgan birinchi investitsiya homila davridan boshlanadi.

G‘ayrat Safarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

— Inson kapitaliga tikilgan mablag‘lar boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirilganlaridan ko‘ra ko‘proq va tezroq foyda keltiradi. Ertaga biz farzandimizga sarflagan sarmoyamizdan qanday foyda olamiz? Bir gap bor: bolg‘ani urgan bir tiyin olsa, “Bolg‘ani shu yerga ur”, deb aytgan odam ikki tiyin oladi. Bu ham sarmoyani farzandlarimizni bilimli qilishga sarflashimiz ko‘proq naf keltirishini anglatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » J.Po‘latov: "Ko‘p ota-onalar farzandlarini XX asr kasblariga tayyorlashyapti"