19:20 / 24.03.2020
3 392

Qarzdor korxonaning avtomashinalari sotuvga qo‘yildi

Qarzdor korxonaning avtomashinalari sotuvga qo‘yildi
Majburiy ijro byurosi Xo‘jaobod tuman bo‘limi ish yurituviga “Xo‘jaobod tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasining qarzdorligini undirish bilan bog‘liq sudlardan 18 ta ijro hujjati kelib tushgan. Ijro hujjatlariga ko‘ra, qarzdor “Xo‘jaobod tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasidan undiruvchi tashkilotlar foydasiga jami 1 mlrd 922 mln 064 ming so‘m asosiy qarz hamda 38 mln 441 ming so‘m davlat boji undirish ko‘rsatilgan.

Majburiy ijro byurosi Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlarining olib borgan majburiy ijro harakatlari davomida ijro hujjatida nomlari ko‘rsatilgan tashkilotlarga qarzdor korxonadan jami 1 mlrd 10 mln 424 ming so‘m, 4 mln 33 ming so‘m davlat boji to‘lovi undirilishi ta’minlandi.

“Xo‘jaobod tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan to‘lanmay qolayotgan jami 946 mln 47 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirilishini ta’minlash maqsadida Byuro xodimlari qarzdorga tegishli avtotransport vositalari borligini aniqladi hamda ularni realizatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Korxonaga tegishli boshlang‘ich bahosi 520 mln 560 ming so‘m bo‘lgan “ISUZU” rusumli atokran hamda 370 mln 798 ming so‘m baholangan “SHAANXI” yuk avtomobili elektron-onlayn auksion savdosiga qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor korxonaning avtomashinalari sotuvga qo‘yildi