2 877
Shohruh G‘iyosov: Yo‘lingizda 10 marta YPX xodimi uchrasa, o‘ntasi ham Sizni to‘xtatadi
AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazilgani haqida xabar bergandik. Uning qayd etishicha, ayrim fuqarolarimizning hanuzgacha karantin qoidalarini jiddiy qabul qilishmayapti.
➖ Hurmatli fuqarolar, hozir hammaga ham oson emas, hukumat qarorlaridan yoki xodimlarning xatti-harakatlaridan kamchilik qidirmang. Barcha amalga kiritilgan cheklovlar Sizni himoyalash uchun belgilangan.
Bilib qo‘ying, ko‘chaga transportda chiqdingizmi, yo‘lingizda 10 ta yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchrasa, 10 tasi ham Sizni to‘xtatadi, 10 marta — nima uchun ko‘chaga chiqqaningizni so‘raydi. Velosipedda yoki piyoda yursangiz ham, Sizni to‘xtatadi va ko‘chada yurishingiz sababini so‘raydi. Hozirgi vaqtda boshqacha bo‘lishi mumkin emas.
Alohida ravishda uyda o‘tirgan, cheklovlarni to‘g‘ri tushunib ularga rioya etayotgan fuqarolarimizga rahmat aytmoqchiman. Siz uyda o‘tirib, bizning va tibbiyot xodimlarining ishini qanchalik yengillashtirayotganingizni hatto tassavur qilmayapsiz.
Sizning intizomga rioya etishingiz — davlat oldidagi burchingizni bajarish bilan teng. Boshqalar uchun o‘rnak bo‘layotgan, vaziyatni to‘g‘ri baholab, uyda o‘tirgan, turli g‘iybatlardan, nolishlardan, tirnoq orasidan kir qidirishdan yiroq bo‘lgan ota-onalarimizga, aka-uka va opa-singillarimizga katta rahmat aytmoqchiman, – deydi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi