Koronavirus tufayli izolyatsiya qilingan keksa odamlarning jismoniy holati keskin yomonlashishi mumkin, deb yozmoqda «RIA Novosti». Bu haqda agentlikka isroillik shifokor Leonid Eydelman ma’lum qilgan.
Shifokor agar odam kamroq harakat qila boshlasa, u o‘tiradigan yoki faqat yotadigan kasalga aylanib qolishi mumkinligi va jismoniy holatini qayta tiklay olmasligidan ogohlantirgan. Bundan tashqari, ortiqcha ovqatlanish va stress surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Uning fikricha, keksa odamlarning psixologik va jismoniy sog‘lig‘ini saqlash uchun odamlar ulardan jismoniy jihatdan uzoqlashishi, lekin ijtimoiy aloqalarini cheklab qo‘ymasligi kerak.
Leonid Eydelman barchani o‘zini izolyatsiya qilish vaqtida imkon qadar ko‘proq harakat qilishga, stressga qarshi kurashish uchun esa xobbi yoki chalg‘ituvchi mashg‘ulotlar topish va kasallik aksar hollarda o‘limga olib kelmasligini tushunishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?