14:46 / 06.04.2020
2 906

Shodmonov: «Kasalligini bila turib, vaqtida murojaat qilmasdan 50dan ortiq kishiga virus yuqtirganlar bor»

Shodmonov: «Kasalligini bila turib, vaqtida murojaat qilmasdan 50dan ortiq kishiga virus yuqtirganlar bor»
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «O‘zbekiston 24» kanaliga bergan intervyusida o‘zining koronavirus bilan zararlanganini bila turib vaqtida murojaat qilmagan shaxslar boshqalarga qaraganda ko‘proq odamga virus yuqtirganini ma’lum qildi.

«Hozirgacha aniqlangan bemorlar orasidan talab va tavsiyalarga amal qilmayotganlari juda ko‘p.
Masalan, 15 mart kuni koronavirus aniqlangan bemor butun oilasiga va ish joyidagi jami 15 nafar kishiga virus yuqtirgan.

27 mart kuni Andijon viloyatida koronavirus aniqlangan bir bemor ham oilasiga yuqtirgan. Bemorning zararlangan otasi esa 36 hamkasbiga virus yuqtirgan. Bundan tashqari, uning hamkasblari ham yaqinlariga yuqtirgan. Va birgina bemor orqali 40dan ortiq kishiga kasallik yuqqan
», deya qayd etdi Alisher Shodmonov.

Vazirning ta’kidlashicha, buning sababi kasallik belgilarini o‘zida sezgan ilk bemor tibbiyot xodimlariga murojaat qilmasdan vaqtni o‘tkazib yuborgan.

Ma’lumot berilishicha, Toshkent viloyatidagi bir bemor ham 26 martda kasallik alomatlarini sezgandan keyin ham 5 kun davomida hech kimga murojaat qilmagan. Ahvoli og‘irlashgandan keyingina tibbiyot xodimlarini 30 mart kuni chaqirgan va shuning uchun ham bugungi kunda bu bemorning ahvoli ancha og‘ir, pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda.

«Toshkent viloyatida yana bir fuqaro koronavirus belgilarini o‘zida sezgandan so‘ng 4ta tashkilotga borgan. Hozir biz mana shu 4ta tashkilotni yopishga majbur bo‘ldik. Va shu bir kishi tufayli 52 kishi kasallik yuqtirgan.

3ta tashkilotda ishlaydigan bemorlardan yana biri esa o‘zida kasallikni sezib turib ishlashda davom etgan va 46 nafar kishiga virus yuqtirgan. Aslida, bu kabi holatlar jinoyat
», dedi Alisher Shodmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shodmonov: «Kasalligini bila turib, vaqtida murojaat qilmasdan 50dan ortiq kishiga virus yuqtirganlar bor»