date
views 1 905

Ekspert: «Pandemiya odamlarni shahardagi hayotdan qishloqqa qaytaradi»

Ekspert: «Pandemiya odamlarni shahardagi hayotdan qishloqqa qaytaradi»
Rossiyalik ekspert Andrey Dalnov koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi fikr bildirib, odamlar endi shahardagi hayotdan qishloqqa ko‘chib o‘tishini bashorat qildi.

«Komsomolskaya pravda» nashri bank tizimida ekspert bo‘lib ishlaydigan Andrey Dalnov bilan koronavirus pandemiyasidan keyingi hayotdagi o‘zgarishlarni muhokama qildi.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, 5ta o‘zgarish yuz beradi va ulardan 4tasi jamiyatda shakllanib bo‘ldi.
«Birinchi navbatda bandlik shaklining o‘zgarishiga tayyor turish kerak», - dedi Dalnov.

«Albatta o‘zini yakkalash rejimi fuqarolarning ish faoliyatiga ta’sir qiladi. Aniqrog‘i uning deyarli yo‘qligiga. Biroq, bu hamma sohalarga taalluqli emas. Ba’zi ishlar insonning ish o‘rnida hozir bo‘lishini talab qilmaydi. Shu sababli «masofadan» ishlash yanada ommalashib boradi.

Ikkinchi navbatda, ma’lumotlarni uzatish va internet sohasiga, masalan virtual reallik kabi sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar oshadi.
Uchinchi navbatda, oziq-ovqat iste’moli tizimi o‘zgaradi. Odamlar mahsulot yetkazib berish xizmatlaridan tez-tez foydalana boshlaydilar.

To‘rtinchi navbatda, jamiyatni robotlashtirish tezlashadi. Ba’zi mamlakatlarda bunday texnologiyalar hozir ham ustuvor ahamiyatga ega. Chunki, ular insonlarning hayotini yengillashtirishga yordam beradi.

Beshinchi masala so‘nggi paytlarda dolzarb bo‘la boshladi: odamlarning shahardan qishloqlarga ko‘chishi. Uni asoslash biroz qiyinroq. Chunki insoniyat tarixi davomida buning aksini kuztganmiz.

Qishloqdagi hayot shaharga qaraganda barqarorligi bilan ajralib turadi. Shu bilan odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. So‘nggi paytlarda shaharda kvartiraga, qishloqda esa katta uy xo‘jaligiga ega bo‘lganlar ko‘paymoqda. Buning sababi – hayot sifatining o‘zgarishi, avtomobillarning hamyonbop bo‘lishi va yo‘llarning yaxshilanishidir. Misol uchun Moskvadan 100 km masofada uyim bor. 30 yil oldin u yerga borish jarayoni butun boshli sayohatga aylanar edi: 2ta vtobus, elektrichka... Hozir esa qishlog‘imga 1,5 soat ichida yetib olaman.

Iqtisodiy va epidemiologik inqirozlar natijasida texnologiyalarning rivojlanishi qishloqqa ko‘chib o‘tish ishtiyoqini yanada oshirishi mumkin. Chunki qishloqdagi hayot tarzi shaharga qaraganda barqarordir. Oddiy misol. Hozir ko‘chaga chiqishingiz, o‘rmonda sayr qilishingiz, yugurishingiz mumkin. Ya’ni inqroz davrida o‘z odatlaringizni o‘zgartirmaysiz.

Bundan tashqari, texnologiyalarning rivojlanishi natijasida geografik holatingiz ham muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, virtual reallik texnologiyasi sizga ofisda bo‘lish effektini beradi. Videokonferensiyalar bunga qarab tashlangan ilk qadamdir.

Bandlik tarkibidagi o‘zgarishlar? Birinchi navbatda internetdagi savdo ko‘lami oshadi. Albatta buning uchun ko‘plab operatorlar, kurerlar va robotlar kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, pandemiya tugagandan keyin ham, ko‘plab sohalarda ish rejimi «masofaviy» bo‘lib qoladi. Chunki bunda mehnat samaradorligi o‘zgarmaydi, ba’zan yuqori bo‘ladi. Ish beruvchining xarajatlari esa qisqaradi. Misol uchun, binoning ijarasiga pul to‘lashga hojat qolmaydi.

Uchinchi to‘lqinda – logistika tarkibi o‘zgaradi. Tovar yetkazib berish robotlashtiriladi, jumladan dronlar orqali. Bu jarayon hozirgi vaqtda boshlandi.

To‘rtinchi to‘lqinda qishloq joylarida tibbiy va ijtimoiy xodimlarga talab oshadi. Masofaviy ta’lim rivojlanadi va tibbiyot xodimlaridan onlayn maslahat olish imkoniyati yengillashadi.
Ishonchim komil, bularning hammasi ofis xodimlarini qishloqqa ko‘chib o‘tishiga va butunlay qolib ketishiga olib keladi.

Yana bir o‘zgarish ulgurji va mayda ulgurji savdo bilan bog‘liq. Ularning hajmi qisqaradi. O‘zingizga zarur bo‘lgan oziq-ovqat yetishtiruvchini internetdan topasiz va undan mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olasiz. Tovar sizga dronlar orqali yetkazib beriladi. Bu tizim allaqachon ishlayapti. Moskva viloyatidagi fermer xo‘jaliklari oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlab, iste’molchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishgan. Xuddi shu tarzda mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlaydigan restoran va oshxonalar ham bor.

Bundan tashqari, qishloqda tomorqadan foydalanishingiz ham mumkin. Tovuq, o‘rdak va boshqa parrandalarni boqasiz, meva-cheva, sabzavotlarni yetishtirasiz.

Biz yangi voqelikka qadam qo‘ymoqdamiz. Qarang, qandaydir virus paydo bo‘ldi va shaharliklar o‘zi odatlangan hayot tarzidan bir zumda ajralishdi. Bunday kutilmagan voqealar endi tez-tez yuz bera boshlaydi. Bu haqda chuqur o‘ylab ko‘rishimiz kerak».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspert: «Pandemiya odamlarni shahardagi hayotdan qishloqqa qaytaradi»