
Jizzax viloyati Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining xabar berishicha, farzandlarini boqish uchun aliment to'lashdan bosh tortib kelgan erkak topildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaroning aliment qarzi 40 million so‘mdan oshib ketgan.
Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan erkak markaziy bozor hududida, erta tongda spirtli ichimlik iste’mol qilayotgan vaqtda qo‘lga olingan. E’tiborlisi, mast holdagi erkak o‘zini oqlashga urinib: “Hozir 40 millionni to‘lardim, lekin yonimda pul yo‘q”, — deya bayonot bergan.
Tekshiruvlar davomida, ushbu fuqaroning spirtli ichimlikka mukkasidan ketgani oilasining buzilishiga sabab bo‘lgani, xotini bilan ajrashganidan so‘ng esa farzandlariga e’tibor bermagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda ijro harakatlari davom etmoqda.
Agar erkak qarzini birinchi marta to‘lamasa, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘riladi. Agar alimentdan bo‘yin tovlashda davom etsa, keyingi safar unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin.
Jizzaxda aliment to'lashdan qochgan ota topildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar