date

Kiyev maktablarida o‘quvchilarning 66 foizi ukrain tilini bilmaydi

Kiyev maktablarida o‘quvchilarning 66 foizi ukrain tilini bilmaydi

Kiyevdagi maktablarda ukrain tilining qo‘llanilishi keskin kamaygani aniqlandi. “Strana” nashrining xabar berishicha, poytaxtdagi maktab o‘quvchilarining 66 foizi dars vaqtida davlat tilini bilmaydi, 82 foizi esa tanaffusda ukrain tilidan foydalanmaydi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning atigi 18 foizi dars jarayonida faqat ukrain tilida so‘zlashadi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning 24 foizi darsda, 40 foizi esa tanaffusda rus tilidan foydalanishda davom etmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat urush yillarida ham poytaxtdagi ijtimoiy muhit va til muvozanatining o‘zgarayotganini ko‘rsatadi. Ukraina hukumati davlat tilini kengaytirish siyosatini yuritayotgan bir paytda, amalda rus tili hanuz ko‘plab oilalar va ta’lim muassasalarida ustunlik qilmoqda.

Avvalroq, Ukraina Ta’lim sifati davlat xizmati boshlig‘i Svitlana Babines ham o‘xshash ma’lumotni taqdim etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining 40 foizi darsdan tashqari vaqtda sinfdoshlari bilan rus tilida muloqot qiladi, ukrain tilini ona tili deb biladigan talabalar ulushi esa 71 foizdan 64 foizgacha kamaygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev maktablarida o‘quvchilarning 66 foizi ukrain tilini bilmaydi