
Tottenhem "Real Sosyedad"ning hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kuboni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda. 24 yoshli futbolchining transferi londonliklar uchun 60 million yevroga tushishi mumkin.
Defensa Centralning xabariga ko‘ra, agar bu transfer amalga oshsa, Madridning "Real" klubi ushbu summaning yarmini, ya'ni 30 million yevro ishlab oladi. Chunki 2022 yilda yaponiyalik futbolchini sotganida, "qirollik klubi" kelishuvga kelgusida futbolchini qayta sotishdan 50% ulush olish huquqini qo‘shgan edi.
Joriy mavsumda Takefusa Kubo "Real Sosyedad" tarkibida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bungacha futbolchiga Londonning "Arsenal", "Everton", Madridning "Atletiko", "Milan" va boshqa ko‘plab klublar qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing