date

Xivada profilaktika inspektori pora bilan qo'lga tushdi

Xivada profilaktika inspektori pora bilan qo'lga tushdi
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Xorazm viloyatida profilaktika inspektori pora olayotgan paytda qo'lga olindi. Ichki ishlar vazirligining yagona Call-markaziga mazkur inspektorning korrupsiya jinoyati sodir etgani haqida ma'lumot kelib tushgan.

Shu asosda maxsus tezkor tadbir o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingan. Tadbir natijasida Xiva shahrida profilaktika inspektori 1 000 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan paytda qo'lga olingan.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu mablag' evaziga u jinoyat ishiga aloqador hujjatlardagi imzolar qalbakilashtirilganligiga oid ijobiy xulosa berish uchun ekspert bilan kelishishga yordam bermoqchi bo'lgan. Ushbu holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" va "Pora berishga ko'maklashish" moddalariga binoan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Aybdorga 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanilishi mumkin. Hozirda unga nisbatan qamoqda saqlash ehtiyot chorasi qo'llangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xivada profilaktika inspektori pora bilan qo'lga tushdi