
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlarni tizimli va uzviy olib borish taqoza etmoqda.
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otishga jiddiy yondoshish lozim.
Jamiyatda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga barham berish hamda jinoyatlarni barvaqt oldini olishga davlat tomonidan jiddiy e’tibor qaratilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Shu o‘rinda, milliy qonunchiligimizda voyaga yetmaganlarning javobgarligi alohida belgilab qo‘yilganligiga e’tibor qaratamiz.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining oltinchi bo‘limida, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari belgilangan.
Voyaga yetmaganlar, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga, jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar faqat asosiy jazo chorasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanmaydi.
Voyaga yetmaganlarga tayinlanadigan bu jazo turlarining miqdori va muddatlari, qonunda quyidagicha belgilangan:
- Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
- Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga;
- Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga;
- Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga;
- Ozodlikdan mahrum qilish jazosi esa olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida voyaga yetmaganlarga nisbatan ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha statistik tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2018 yilda 3 nafar, 2019 yilda 1 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 2020 yilning 1-choragida bunday toifadagi ishlarni ko‘rilmaganligi, o‘tgan davr mobaynida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishi nisbatan kamayganligini ko‘rsatadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
devonxona mudiri
B.Farmonov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Navbahor tuman sudining
devonxona mudiri
B.Farmonov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar