O‘zbekistonda har beshinchi zo‘ravonlikka uchragan ayol joniga qasd qilishni o‘ylaydi

1 daqiqa o'qish287
O‘zbekistonda har beshinchi zo‘ravonlikka uchragan ayol joniga qasd qilishni o‘ylaydi

O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma jamiyat uchun tashvishli manzarani ko‘rsatdi: jabrlangan har beshinchi ayol o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylab ko‘rgan. Bu haqda Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi ma’lum qildi.

So‘rov natijalari hududlar kesimida ham katta tafovut borligini ko‘rsatadi. Masalan, Andijonda bu ko‘rsatkich 33,3 foizni tashkil etsa, Navoiyda atigi 6 foiz. Mutaxassislarning aytishicha, yashash muhiti ayollarning ruhiy barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tahlillar shuni ham ko‘rsatadiki, ayollar stressni asosan jismoniy faollik yoki uy ishlari (29,2%), yolg‘iz qolish (23,9%) yoki hissiy portlash (22,5%) orqali yengishga harakat qiladi. Aksariyat ayollar hissiyotlari bilan bo‘lishishga qiynaladi — mos ravishda faqat 11,1 foizi yaqinlaridan yordam izlaydi. Yana 6,7 foiz respondent stressdan chiqishda umuman yechim topa olmaganini aytgan.

Rasmiy statistika ham vaziyatning jiddiyligini tasdiqlaydi. 2025 yilning yanvar–avgust oylarida oilaviy zo‘ravonlik va shahvoniy xatti-harakatlar bo‘yicha 9 mingdan ortiq kishi javobgarlikka tortilgan. Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi bo‘yicha 298 nafar shaxs sudlangan, shundan 81 nafari ozodlikdan mahrum etilgan. Ma’muriy ishlar bo‘yicha esa 7 624 shaxsga chora ko‘rilgan, ularning 6 585 nafari ma’muriy qamoqqa tayinlangan.

Shu bilan birga, zo‘ravonlik sabab 47 ta nikohni bekor qilish uchun sudlarga ariza berilgan, 37 tasi qanoatlantirilgan. Shahvoniy shilqimlik bo‘yicha 1 450 kishi javobgarlikka tortilgan.

Mutaxassislar bu raqamlar ayollarni himoya qilish va ruhiy yordam ko‘lamlarini kengaytirish zarurligini ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?