Shevchenko: Allegri ajoyib muhit yaratdi

Shevchenko: Allegri ajoyib muhit yaratdi

Shevchenko: Allegri ajoyib muhit yaratdi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko jamoaning navbatdagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. Shanba kuni "Milan" "Latsio"ni magʻlubiyatga uchratib, A Seriya turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarildi.

Shevchenko bu yutuqlarni jamoaning yangi murabbiyi Massimiliano Allegri bilan bogʻladi. "Yana bir ajoyib gʻalaba.

Rossonerilar shunday oʻyinlarda oʻz ishtiyoqini namoyish etmoqda, ayniqsa, ikkinchi boʻlimdagi oʻyinlari bilan. Allegri ajoyib muhit yaratdi, u jamoa ichidagi tartibni juda yaxshi boshqarmoqda", - deydi Shevchenko pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Andrey Shevchenko 1999 yildan 2006 yilgacha "Milan" safida toʻp surgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar