
Bavariya futbol klubi faxriy prezidenti Uli Xyoness jamoaning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. Myunxenliklar Bundesligada ishonchli peshqadamlik qilmoqda va Chempionlar ligasida ham hayratlanarli o‘yinlar namoyish etmoqda.
Yaqinda Londonda "Arsenal"ga qarshi o‘yinda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Bu natija Vensan Kompani jamoasi uchun joriy mavsumdagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
"Bu mavsumda biz eng kuchli jamoalar bilan raqobatlasha olish qobiliyatimizni isbotladik. Biz dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lgan "Chelsi"ni mag‘lub etdik, Parijda g‘alaba qozondik, ammo Londonda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan "Arsenal"ga munosib ravishda yutqazdik.
Men Bavariyani dunyoning uch yoki besh eng yaxshi jamoalari qatoriga qo‘shgan bo‘lardim", – dedi Xyoness Bayern & Germany nashriga bergan intervyusida. 3-dekabr kuni nemis grandi mamlakat kubogi doirasida "Union"ga qarshi bahs olib boradi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.