Ekolog inspektoriga qarshilik ko‘rsatish holati bo‘yicha rasmiy javob beriladi
1 daqiqa o'qish1.2K

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani Nayman qishlog‘ida zovur atrofida daraxtlar noqonuniy kesilayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Videoda tuman hokimi o‘rinbosari ekologiya inspektoriga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan.
Mazkur holat bo‘yicha Buvayda tuman hokimligi tomonidan zudlik bilan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Hozirda hokim o‘rinbosari S. Xizirovning harakatlariga doir dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, holat atroflicha o‘rganilib, tekshiruv natijalari asosida qonunchilikka muvofiq choralar belgilanadi. Yaqin kunlarda jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishi rejalashtirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…