
“Zveropolis 2” kengaytirilgan dam olish kunlarida jahon bozorida 556 million dollar daromad ko‘rib, animatsion filmlar orasida eng yirik start natijasini qayd etdi. Bu haqda DTF portali xabar berdi.
Shukronalik kuni munosabati bilan o‘tgan dam olish kunlarida mashhur multfilmning davomiy qismi AQShda 156 million dollar daromad ko‘rdi. AQShdan tashqarida esa film yana 400 million dollar ishlab, shundan 272 million dollari Xitoy bozoriga to‘g‘ri keldi.
Birinchi dam olish kunlaridagi umumiy jahon daromadi 556 million dollarga yetib, bu natija uni kino tarixidagi to‘rtinchi eng muvaffaqiyatli start va animatsion filmlar orasida mutlaq rekordchi qildi. Bunday muvaffaqiyatga avvalgi qismning ommaviyligi, bayram dam olish kunlari va tomoshabinlarning yuqori baholari sabab bo‘ldi: Rotten Tomatoes reytingida 95%, CinemaScore esa “A” bahosini berdi.
Tahlilchilar “Zveropolis 2” Disneyning navbatdagi milliard dollarlik loyihasiga aylanishi ehtimolini yuqori baholamoqda. Shu bilan birga, “Yovuz.
2-qism” musiqiy filmi ham dam olish kunlarida 93 million dollar ishlab, umumiy daromadini 393 million dollarga yetkazdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.