Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. 54 yoshli ushbu bemor (ayol) oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga olingan.
Bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatimizdagi mazkur sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassis shifokorlari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.
Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 7 nafarga yetdi, o‘limlarning 4tasi Namangan viloyatida qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin