22:06 / 23.04.2020
3 743

Asakalik mansabdor 10 ming AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi

Asakalik mansabdor 10 ming AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi
Asakada mansabdor shaxs mahalliy fermerdan 10.000 AQSH dollari olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Asaka tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi B.M. «Bobur» massividagi «Q.E.» fermer xo‘jaligiga tegishli 44 gektar yer maydoniga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘liq ekilmaganligini ro‘kach qilib, yerni olib qo‘yish bilan xo‘jalik rahbarini qo‘rqitadi. So‘ng «masalani hal etish» mumkinligini bildirib, evaziga 10.000 AQSH dollari talab qiladi.

Fermer xo‘jaligi rahbari arizasiga asosan (departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va DXX bilan hamkorlikda) o‘tkazilgan tadbirda mansabdor pullarni ishxonasi yonidagi «qassobxona» sotuvchisi M.S. orqali olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan B.M.ga nisbatan JKning (Jinoyat kodeksi) tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asakalik mansabdor 10 ming AQSH dollari pora olayotganda qo‘lga tushdi