2 886
Sirdaryodagi toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarildi
Foto: Telegram/«Insider.uz»
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Milliy gvardiya bo‘linmalaridan jami 2500 dan ortiq shaxsiy tarkib va 100 ga yaqin texnika jalb qilingan. Bu haqda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qodirov 8-may, juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Mirzobod tumani, «Navbahor» MFYdagi talafot ko‘rgan fuqarolarga 100 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari, 20 mingdan ortiq kiyim-kechak, 4 mingdan ortiq turli xil xo‘jalik buyumlari, 6 mingdan ortiq tibbiy va gigiyenik vositalar moddiy yordam sifatida topshirilgan.
Shuningdek, Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan yo‘qolgan buyumlar, televizorlar va bitta Damas avtomobili topilib, o‘z egalariga yetkazilgan. Yo‘qolgan va qarovsiz qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarildi.
Milliy gvardiya ishchi guruhi xodimlari tomonidan boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda xonadonlar tekshirilib, 1500 mingdan ortiq dalolatnomalar tuzildi.
Bundan tashqari, Milliy gvardiya tomonidan 15 ta blokpost tashkil etildi. Jamoat tartibini saqlash maqsadida 67 nafar xodim va uchtadan ortiq transport vositasi yordamida patrul xizmati olib borilmoqda va 400 dan ortiq xonadonga amaliy yordam berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?