16:52 / 12.05.2020
3 019

MIB: G‘allaorolda yana bir oilaga quvonch qaytdi

MIB: G‘allaorolda yana bir oilaga quvonch qaytdi
Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.

Majburiy ijro byurosining G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati G‘allaorol tumanlararo sudining 13.02.2019 yil kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.Botirovdan undiruvchi M.Botirova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat osoyishta bo‘ladi. Oilalarda parokandalik bo‘lsa, jamiyatning tinchi yo‘qoladi va alaloqibat tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanishini hamda o‘zaro mehrli bo‘lgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehribon bo‘lishi muqarrardir.

Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi hodimlari va mahalla faollari hamkorlikda olib borilgan tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari natijasida ushbu oilaning yarashuviga erishildi. Shuningdek, oila birlashuvidagi farzandlar quvonchiga guvox bo‘lindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: G‘allaorolda yana bir oilaga quvonch qaytdi