10:30 / 17.06.2020
2 851

O‘zbekistonda yana 68 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

O‘zbekistonda yana 68 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
2020 yil 17 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5561 (+68) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 62 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda respublikada 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1446 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana 68 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi