Toshkentda 1 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 64 yoshli bemor ayol O‘zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalingan 64 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berdi.
«Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 64 yoshli M.X. (ayol) joriy yil 1 iyul kuni qorinda va chap ko‘krak sohasida og‘riqlar kuchayganligi sababli Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
U postxoletsistektomik sindrom, o‘tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi bilan davolangan.
3 iyul kuni esa bemorda nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan va Covid-19 infeksiyasiga namuna olingan.
Unga Covid-19, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindrom, postxoletsistektomik sindrom, o‘tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bu O‘zbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 41-o‘lim holati bo‘ldi.
Pandemiya davrida Toshkentda 25, Namanganda 4, Samarqandda 3, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bittadan o‘lim ro‘y berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi