18:30 / 11.07.2020
2 370

Toshkentda qandli diabet bilan og‘rib kelgan ayol koronavirusdan vafot etdi

Toshkentda qandli diabet bilan og‘rib kelgan ayol koronavirusdan vafot etdi
Toshkentda qandli diabet bilan og‘rib kelgan bemor koronavirusga chalinib vafot etdi, deb ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Xabar qilinishicha, 66 yoshli ayol M.R. shu yilning 1 iyulidan shahar 1-son klinik shifoxonasida davolanib kelgan. Unga COVID-19 og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.
Shuningdek, bemor 12 yildan buyon qandli diabetdan davolanib kelgan. Unda yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi o‘lim holati ham Toshkentda qayd etilgan, Mirobod tumanida yashab kelgan va 9 iyul kuni kasalxonaga yotqizilgan 50 yoshli ayol vafot etgani xabar qilingan endi. Ushbu bemorda ham qator kasalliklar sirasida ilk aniqlangan qandli diabet ham bo‘lgani aytilgandi.

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 56 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 32 kishi poytaxtda hayotdan ko‘z yumdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qandli diabet bilan og‘rib kelgan ayol koronavirusdan vafot etdi