22:23 / 07.09.2020
2 670

Toshkent tumanida «hijrat» va «jihod»ga tayyorlangan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent tumanida «hijrat» va «jihod»ga tayyorlangan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida DXX va viloyat IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida telegram messenjeri orqali Suriya davlatiga «jihod»ga chorlovchi video va audio materiallarni tarqatib, targ‘ib qilib kelayotgan fuqaro A.O aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Toshkent tumanida yashovchi fuqaro A.O telegram tarmog‘ida alohida guruh tashkil qilib, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan «hijrat» va «jihod» qilish to‘g‘risidagi audio va video ma’ruzalarini tarqatib kelganligi va Toshkent tumanida yashovchi 5 nafar tanishlarini Suriya davlatiga borib xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilish hamda jangovar amaliyotlarda ishtirok etishga targ‘ib qilib kelayotgani aniqlandi.

Shundan so‘ng, ushbu besh nafar shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari davomida jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Fuqaro A.O.dan daliliy ashyo sifatida olingan video va audio materiallar bo‘yicha o‘tkazilgan sud adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasida, ushbu ma’lumotlar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash va tarqatish ta’qiqlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent tumanida «hijrat» va «jihod»ga tayyorlangan shaxs qo‘lga olindi