00:02 / 08.09.2020
1 937

O‘zbekistonda 7 sentabr kuni 312 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 7 sentabr kuni 312 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 6 sentabr soat 23:30 dan 7 sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 312 ta holat qayd etildi. Besh kun ichida birinchi marta kunlik kasallanish holatlari 300 tadan oshdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 975 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 72 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Toshkent shahrida hamda yana 5 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 70 yoshli R.T. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli X.S. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 207 nafar, Toshkent viloyatida 91 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 41 594 (+317) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 027 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 7 sentabr kuni 312 kishida koronavirus aniqlandi