20:17 / 15.09.2020
2 490

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqat madaniyati va uning soha ta’limidagi ahamiyati

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqat madaniyati va uning soha ta’limidagi ahamiyati
Har bir soha vakillari kabi huquqni muhofaza qilish organlari namoyondalari oldida ham muomila madaniyati katta ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas. Aynan til insonning ongliligini namoyish etib turuvchi birinchi omil hisoblanadi. V. Kolesov ta’kidlaganidek, “Har bir so‘zdan kasbning hidi kelib turadi (Vse slova paxnut professiyey)”.

Demak, har bir sohaning o‘zini tili, leksikasi va diskursi mavjudligi qator ilmiy izalanishlarda o‘z aksini topgani masalaning muhimligini namoyish etadi. Muomila madaniyatiga qo‘yiladigan talablar deyarli barcha soha vakillariga tegishli bo‘lib, bu, ayniqsa, omma bilan ish olib boruvchi soha vakillari uchun yuqori o‘rinlardagi talab sanaladi.

Huquqni muhofaza qilish sohasi ham ushbu sohalar qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, tegishli ta’lim muassasalarida bo‘lg‘usi ofitserlarga nutq madaniyati asoslarini o‘qitish muhim omil sanaladi. Huquq tizimida til sohaning substrati – ishontirish, rasmiylashtirish, fuqoralarning ongiga ta’sir qilish vositasi hisoblanadi. Til soha vakillarining asosiy quroli hisoblanib, avvalgi gapdagi ro‘yhatni ko‘plab boshqa vositalar sifatida ta’riflab davom ettirish mumkin.

Soha vakillarining o‘z kabiy yuksalishida ham ularning kommunikativ kompetensiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Huquq – tartibni saqlash va uni yo‘lga qo‘yishga hizmat qiluvchi, ijtimoiy munosabatlarga kirishgan turli tasnifdagi sub’ektlarga teng erkinlik va bir hil adolatni ta’minlab beruvchi tartib hisoblanadi. Ahamiyatli jihat shundaki, ushbu tartib faqatgina so‘z shaklida aks ettiriladi va uni qo‘llashning o‘z talabi va tamoyillari mavjud.

Muloqot kompetentltgi, aytganimizdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining asosiy ish quroli bo‘lib, unga urinish va hatoliklar orqali emas, balki kasbiy faoliyatga kirishishdan oldin, avvaldan, asosiy tamoyillari o‘zlashtirilishi lozim ko‘nikmadir. Uning amaliyotda yetishmasligi jamoatchi hisoblangan xodim uchun, uzi bilan bir qatorda, u bilan to‘qnashgan barcha yuridik va jismoniy shaxs uchun ayanchli oqibatlarga sababchi bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda soha mutaxassislari uchun amaliyotda kerakli ko‘nikmalar to‘g‘risida so‘z yuritish lozim deb, birinchi o‘rinda, sohaga oid termilarni to‘liq egallash va ulardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni ta’kidlab o‘tmmoqchimiz. Yozma nutqda aks ettiriladigan terminlarni oddiy fukqorolarga to‘g‘ri yetkazib berish, keng qamrovli tushuntira olish ko‘nikmasi esa huquqni muhofaza qilish organlari xodimining eng yuksak kommunikativ kompetensiyasi sanaladi. Jumladan, grammatik jihatdan yakunlangan, to‘g‘ri leksik birliklardan foydalanilgan nutq soha vakillarining ishi saviyasiga salmoqli hissa qo‘sha oladi.

Bizning fikrimizcha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari nutqiy vositalar orqali muammoli vaziyatlarni oldini olishi, mavjud vaziyatlarga ular vositasida yechim topa olishi, muloqat davomida murojatini behato yetkazib bera olishi va bunda oddiy fuqoro uchun tushunarli bo‘lgan kundalik terminlardan foydalana olishi, fuqorolar bilan tanish leksikada muloqot qila olishi, bunda kesatiq, hunuk ohang va haddan ziyod muloyimlikni bartaraf eta olishi muhimdir. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu soha vakillarini tayyorlovchi ta’lim muasassalari o‘quv dasturlarida inobatga olinishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, muhokamaga sabab bo‘lgan soha vakillarini tayyorlashda til ta’limi va uning ahamiyatining nazardan chetda qolishi jamiyatimiz uchun keng miqyosga ega muammolarni keltirib chiqarishi va eng ayanchlisi, soha vakillariga bo‘lgan fuqorolarning salbiy munosabatiga sabab bo‘lishi mumkin. Bizning jamiyatimiz yuksak muomila madaniyati va kommunikativ ko‘nikmalarga ega huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarga ehtiyojmand bo‘lib, ta’lim muassasalaridagi til ta’limini rivojlantirilishi, ularga kengroq ahamiyat qaratilishi muammoning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yechimi sanaladi.

Samatova Barnoxon Ravshanxanovna
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ixtisoslashtirilgan fililali
Umumta’lim fanlar kafedrasi dotsenti,
ped.f.b.f.d. (PhD)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqat madaniyati va uning soha ta’limidagi ahamiyati