O‘zbekistonda taksi xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya saqlanib qolishi, ammo uni avtomatik tarzda olish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, Kun.uz xabar bermoqda.
Kutilayotgan o‘zgarishga ko‘ra, taksi haydovchilari soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani avtomatik tarzda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, haydovchilar o‘z-o‘zini mehnat bilan band qilgan shaxslar toifasiga kiritiladi.
«Ayni paytda turli versiyalar ustida ish olib borilyapti: haydovchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlarga ulanishi sharti bilan o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida tan olinishi mumkin. Negaki, mijozlar haydovchi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish kerak. Bu holatda haydovchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
Bundan tashqari, soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani o‘sha zahoti avtomatik tarzda olishi mumkin bo‘ladi», — deydi hukumatdagi manba.
Ta’kidlanishicha, masalaning moliyaviy yechimlari bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Davlat soliq qo‘mitasi, transport hamda moliya vazirliklari bu borada hamkorlikda ish olib boryapti.
Shu oy boshida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov taksichilarni ham o‘zini-o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha ishlanayotgani va bu bo‘yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 maydagi prezident selektorida taksichilar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi ma’lum qilingan, ammo 9 iyunda e’lon qilingan tegishli qarorda taksichilar ko‘zda tutilmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi