16:00 / 04.12.2020
7 181

Konstitutsiya haqida nima bilamiz? Konstitutsiya- huquqiy poydevorimiz

Konstitutsiya haqida nima bilamiz? Konstitutsiya- huquqiy poydevorimiz
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlarni tizimli va uzviy olib borish taqoza etmoqda.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otishga jiddiy yondoshish lozim.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarini doimiy olib borish lozimdir.

Shuningdek, yoshlarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, maktab davridan ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish eng muhim masalalardan biri bo‘lib turibdi, fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun albatta birinchi navbatda Konstitutsiyada belgilangan normalarni bilishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida, shunday satrlar mavjud:
- O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi;
- Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.

Demak, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat bilan qarashni shakllantirish Konstitutsiyada ham belgilab qo‘yilgan.
Mustaqillik qomusi - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 28 yil to‘lmoqda.

Xo‘sh, “Konstitutsiya deganda nimani tushunamiz?”

Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiya davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadam eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish mumkin.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi,
ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik instituti ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan bog‘liqligi,
uchinchi huquqiy qadam –“Mustaqillik deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishi,
to‘rtinchi huquqiy qadam – Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishi,
beshinchi huquqiy qadam – Birinchi Prezidentimizning Hindistonga 1991 yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liqligi,
oltinchi huquqiy qadam – Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi,
yettinchi huquqiy qadam – 1991 yil 29 dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendumning o‘tkazilishi, sakkizinchi huquqiy qadam – birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilinishi,
to‘qqizinchi huquqiy qadam – Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilinishi,
o‘ninchi huquqiy qadam – Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishi bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Ana shunday mashaqqatli yo‘l natijasida shakllantirilgan Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana – 8 dekabrni mana qatorasiga 28 yil xalqimiz munosib bayram sifatida kutib oladi.

Ayni damlarda, yurtboshimiz tashabussi bilan qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning natijasida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi, yurtimizda tinchlik va adolat hukm surayotganining natijasidir, bunda esa Konstitutsiyamiz o‘rni beqiyosdir.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining
devonxona mudiri
B.Farmonov

Tuman sudining sudya yordamchisi
G‘.Davronov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Konstitutsiya haqida nima bilamiz? Konstitutsiya- huquqiy poydevorimiz