date

Chimkentlik erkak garov uchun 26 ta ruchka yutib yubordi

Chimkentlik erkak garov uchun 26 ta ruchka yutib yubordi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida 38 yoshli erkak do‘sti bilan garov o‘yini chog‘ida 26 ta ruchkani yutib yubordi. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u garovni yutish maqsadida ruchkalarni birin-ketin yuta boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, erkak qornida qattiq og‘riq sezib, shifokorlarga murojaat qilgan.

Tibbiyot xodimlari ikki soat davom etgan jarrohlik amaliyotini endoskop yordamida, ya’ni tana kesilmasdan amalga oshirishgan.

Natijada, bemor tanasidan barcha 26 ta ruchka muvaffaqiyatli chiqarib olingan. Shifokorlar uning holati barqaror ekanini ma’lum qilishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chimkentlik erkak garov uchun 26 ta ruchka yutib yubordi