date

Yaponiya aeroporti 30 yil ichida birorta ham yukni yo‘qotmaslik bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Yaponiya aeroporti 30 yil ichida birorta ham yukni yo‘qotmaslik bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Yaponiyadagi aeroport xodimlari 30 yil ichida bironta ham yo‘lovchining yukini yo‘qotishmagani bilan rekord o‘rnatishdi, deb Daily Mail xabar berdi. Bu natija bilan ular yuksak ishonch va mas’uliyat namunasini ko‘rsatishdi.

Osaka ko‘rfazidagi sun’iy orolda joylashgan Kansay xalqaro aeroporti har kuni millionlab yo‘lovchilarga va ularning bagajlariga xizmat ko‘rsatadi. 2023 yilda aeroport orqali 10 milliondan ziyod yuk tashilgan va bittasi ham yo‘qolmagan. Shu sababli Kansay sakkiz marta «Jahonning eng yaxshi bagaj yetkazib berish aeroporti» deb tan olingan.

Mukammallikka erishishdagi asosiy omil — yaponcha rasmiyatchilik va mas’uliyat hissi hisoblanadi. Har bir sumka kamida uch marta tekshiriladi, nozik buyumlar alohida ehtiyotlik bilan tashiladi, namlik borligi payqalsa, xodimlar jomadonni artib quritishadi.

Biroq, aeroport salohiyatiga qaramay, u yildan-yilga cho‘kib bormoqda. Ikkita sun’iy orol ustida qurilgan, 14 milliard dollarlik inshoot 11,5 metrga pasaygan. Bu muhandislar tomonidan 50 yil uchun qilingan prognozdan ko‘proqdir.

Beton ustunlar yumshoq dengiz tubiga botib boryapti. Uchish-qo‘nish yo‘laklarini dengiz suvi xavf ostiga qo‘ymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya aeroporti 30 yil ichida birorta ham yukni yo‘qotmaslik bo‘yicha rekord o‘rnatdi