SpaceX Oy va Mars uchun sinov parvozini amalga oshirdi

1 daqiqa o'qish166
SpaceX Oy va Mars uchun sinov parvozini amalga oshirdi
SpaceX’ning Oy va Mars missiyalari qanday ketyapti?, deb Uz24.uz xabar berdi.
13-oktyabr, dushanba kuni SpaceX o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, kompaniya Starship prototipi raketasining 11-sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Raketa prototipi Texasdagi Starbase uchirish maydonidan mahalliy vaqt bilan 18:24 (Moskva vaqti bilan 2:24) da osmonga ko‘tarilgan.
Starship kosmosga uchirilgach, Super Heavy kuchaytirgichi havoga ko‘tarilganidan taxminan 10 daqiqa o‘tib, Meksika ko‘rfaziga qaytgan.
Parvoz davomida Starlink sun’iy yo‘ldosh maketlari ham orbitaga chiqarilgani ma’lum qilingan. Bu parvoz — Oy va Marsga bag‘ishlangan missiyalar uchun qo‘shimcha funksiyalarni sinovdan o‘tkazish oldidagi so‘nggi test bo‘lgan.
Starship, Super Heavy bilan birga 123 metr balandlikda bo‘lib, tarixdagi eng katta va eng kuchli kosmik raketa hisoblanadi.
SpaceX mazkur raketani qayta foydalanishga yaroqli holatda ishlab chiqishni maqsad qilgan, bunday yondashuv kosmik parvozlar xarajatini sezilarli darajada kamaytiradi.
Ilon Maskning rejalariga ko‘ra, Starship 2026-yilda Marsga parvoz qilishi, shuningdek NASAning Oyg‘a qaratilgan boshqariladigan missiyalarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Starship sinovlari 2023-yildan beri davom etmoqda va yaqin kelajakda yangi bosqichlarga o‘tishi kutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?