date

Qashqadaryoda noqonuniy “svet” ishlatgan xo‘jalik fosh bo‘ldi

Qashqadaryoda noqonuniy “svet” ishlatgan xo‘jalik fosh bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida faoliyat yurituvchi “O.D.” fermer xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Bu holat “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.

Xususan, fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari ruxsatsiz tarzda elektr tarmog‘iga ulanib, hisoblagichsiz tarzda elektrdan foydalangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu bilan elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 477 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda noqonuniy “svet” ishlatgan xo‘jalik fosh bo‘ldi