date

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar yurtga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar yurtga qaytarildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi yurtimizga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

2008-yilda tug‘ilgan A.M., 2018-yilda tug‘ilgan Z.O. va F.O., 2020-yilda tug‘ilgan I.O., hamda 2023-yilda tug‘ilgan T.S.larni O‘zbekistonga olib kelish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

O‘zbekistonning Chelyabinskdagi Bosh konsulxonasi, viloyatning Vasiylik va homiylik markazi bilan hamkorlikda bolalarni topshirish jarayonini tashkil etdi.

Ular 11-oktyabr kuni “Yekaterinburg – Toshkent” reysi orqali vatanga qaytarildi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hozirda bolalarning sog‘lig‘i yaxshi, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar yurtga qaytarildi