date

Pavel Durov: YeI fransuzlarning shaxsiy hayotiga tahdid qilmoqda

Pavel Durov: YeI fransuzlarning shaxsiy hayotiga tahdid qilmoqda

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Yevropa Ittifoqining shaxsiy xabarlarni nazorat qilish rejasi haqida so‘z yuritib, bu fransuz foydalanuvchilarining shaxsiy hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.

Uning ta’kidicha, YeI barcha messenjerlardan shaxsiy yozishmalarni tekshirish va foydalanuvchilar qurilmalarini nazorat vositasiga aylantirishni talab qilmoqda.

"Bugun Yevropa Ittifoqi sizning shaxsiy daxlsizlik huquqingizni deyarli yo‘qqa chiqardi. Ular barcha shaxsiy xabarlarni skanerlashni majburlovchi qonunga ovoz berishga tayyorlanmoqda", — deb yozdi Durov o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbus nafaqat shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga, balki demokratik qadriyatlarga ham tahdid soladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pavel Durov: YeI fransuzlarning shaxsiy hayotiga tahdid qilmoqda