AQSh hukumati faoliyati to‘xtagani sababli rasmiy iqtisodiy ma’lumotlar e’lon qilinmayapti. Bu holat boshqa davlatlarga ham ta’sir qilmoqda, chunki ko‘plab mamlakatlar o‘z siyosatini AQSh iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab belgilaydi.
Yaponiya Markaziy banki rahbari Kadzua Veda bu vaziyatni jiddiy muammo deb atadi. Uning aytishicha, AQShdagi ma’lumotlar yetishmasa, foiz stavkalari va inflyatsiya bo‘yicha qarorlar qabul qilish qiyinlashadi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlar to‘xtashi davlatga bo‘lgan ishonchni kamaytirishini bildirdi. Tashkilot siyosiy bosim iqtisodiy qarorlar sifati pasayishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Mutaxassislar bu holat uzoq davom etsa, global bozorlar noaniq bo‘lib qolishini va bu valyutalar hamda savdoga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!