Xalqaro press-klubning “Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh epidemiologi Nurmat Otabekov O‘zbekistonning 8 ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishi sabablarini aytdi.
«Qizil, sariq, yashil rangni faqat svetofor tufayli juda tez farqlaydigan bo‘lganmiz. Qizil — olov ramzi, xavf belgisi. Bugungi kunda Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Avstriya, Avstraliya, Janubiy Afrika davlatlari «qizil» rangga kiryapti. Demak, bu xavf degani. Maxsus komissiya qarori bilan hozir 8 ta mamlakat bilan aviaqatnovlar to‘xtatildi.
Tarixga nazar tashlaylik. Kasallik bizga chetdan kirib keldi. Ilk bor aniqlangan bemor ham chet eldan kelgan edi. Epidemiologiyaning oltin qoidasi — kasallik manbaini jilovlash. Kasallik manbaini jilovlasak, epidemiologik zanjirni uza olamiz. Asosiy maqsadimiz ham shu»,- dedi SSV bosh epidemiologi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya davrida O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari uyushgan holda olib kelindi. Kasallik manbalari bitta joyga jamlangach, jilovlash ishlari bilan shug‘ullanildi. Olib borilgan ishlarning samarasi o‘laroq hozir respublikada barqaror vaziyat saqlanib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi